Samsung foydalanuvchilarga smartfonlarni mustaqil ta’mirlashni o‘rgatadi

Fan-texnika 00:41 / 30.11.2022 47789

Samsung kompaniyasi foydalanuvchilarga o‘z mahsulotlarini uy sharoitida mustaqil ravishda ta’mirlashda yordam beradigan ilovani chiqarishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda kompaniyaning AQSh Patent va tovar belgilari bo‘yicha idorasiga topshirgan arizasidan ma’lum bo‘lgan. Hujjatda xizmat Self Repair Assistant deb nomlangan.

Kompaniya uni smartfonlar, aqlli soatlar, planshetlar va minigarnituralarni mustaqil ravishda ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish imkonini beradigan «mobil telefon uchun amaliy dastur» deb ta’riflaydi. Tavsifga qo‘shimcha ravishda ilova belgisi ham tasvirlangan. U ko‘k kvadrat ichidagi tishli oq doiraga joylashtirilgan kalitdan iborat.

The Verge taxminiga ko‘ra, ilovada Samsung Galaxy seriyasidagi qurilmalarni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bo‘ladi. Katta ehtimol bilan Self Repair Assistant ilovasining ishlab chiqarilishi 2022 yil boshida e’lon qilingan Samsung va iFixit o‘rtasidagi hamkorlik natijasidir.

Ko‘proq yangiliklar: