Samarqand viloyati DXX va IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurash yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni 25 ming dollar evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 1994 yilda tug‘ilgan Samarqand shahrida yashovchi X. S. fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika orqali AQShga yuborish evaziga 25 ming dollar so‘ragan.
U hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming AQSh dollarini olayotganda ushlandi.
Ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.