Rossiyadan O‘zbekistonga turistlar oqimi oshib borayotgani ma’lum bo‘ldi 

O‘zbekiston 23:42 / 30.11.2022 8362

Rossiya Turoperatorlari Assotsiatsiyasi (ATOR) ijrochi direktori Maya Lomidze so‘zlariga ko‘ra, Rossiya fuqarolari MDH davlatlari ichida O‘zbekistonga borishni ko‘proq afzal ko‘rmoqda. Yil davomida bunday yo‘llanmalarga talab miqdori 20 foizga o‘sgan. 

Uning ta’kidlashicha, rossiyaliklar orasida MDH mamlakatlariga qiziqish ortgan, biroq O‘zbekiston dinamika bo‘yicha yetakchilik qilyapti. 

«Agar 2021 va 2022 yil taqqoslanadigan bo‘lsa, bu kamida 20 foizni tashkil etadi», dedi Lomidze. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha yangi yil yo‘llanmalari hech qachon bunchalik yaxshi sotilmagan. Rossiyaliklar asosan Samarqand, Buxoro va Xiva shahriga sayohatni afzal ko‘rmoqda. 

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida Rossiyadan kelgan sayyohlar soni 2021 yil yakunlariga nisbatan ikki baravar ko‘payib, 395,1 ming kishiga yetdi. Bahordan boshlab rossiyalik turistlar oqimi barqaror o‘sib bormoqda. 

 

Ko‘proq yangiliklar: