Pentagon Xitoyning yadro arsenali oshayotgani haqida ogohlantirdi 

Jahon 20:34 / 30.11.2022 8055

Pentagonning Xitoy harbiy qudrati haqidagi yillik hisobotida aytilishicha, Pekin hozirda o‘z arsenalida 400 dan ortiq jangovar yadro kallakka ega. Biroq, yadro arsenalini oshirish harakatlari oqibatida 2035 yilga borib kallaklar soni 1500 taga yetishi mumkin. 

Xitoy Xalq ozodlik armiyasi raketa qo‘shinlari 2021 yilda sinov va o‘quv maqsadlarida taxminan 135 ta ballistik raketa uchirgan. 

«Bu urush hududlarida ballistik raketalardan foydalanishni hisobga olmaganda, boshqa barcha davlatlarnikidan ko‘pdir», deyiladi hisobotda. 

Pekin shuningdek, uchta yangi poligonni qurishni boshlab yuborgan. U yerda 300 ta qit’alararo ballistik raketa shaxtalari joylashadi. 

Pentagon Xitoyni «AQSh milliy xavfsizligi hamda erkin va ochiq xalqaro tizim uchun eng jiddiy va tizimli muammo» deb atagan. 

Xitoy o‘z yadro arsenalini oshirish rejalariga qaramay, AQSh salohiyatidan o‘zib keta olmaydi. Ayni paytda Qo‘shma Shtatlarda yadro kallaklari soni qariyb 3800 tani tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: