Pele og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi
Dunyoning eng yaxshi futbolchisi, braziliyalik Pele turli xil shishlar va yurak yetishmovchiligi tufayli shifoxonaga yotqizildi.

Foto: Getty Images
Braziliyalik sobiq futbolchi Pele 29 noyabr kuni kutilmaganda San-Paulu shifoxonasiga yotqizildi. Uning tanasida ko‘plab shish va yurak yetishmovchiligi aniqlangan. Futbolchining qizi uning shifoxonada ekanini tasdiqlagan.
Pele ichaklari, jigari va o‘pkasida o‘smalar paydo bo‘lgani tufayli bir necha oy davomida kimyoterapiya muolajasini olib kelayotgan edi. Biroq uning foydasi bo‘lmagani aytilmoqda. 30 noyabr kuni Pele yana tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.
Pele 82 yoshda. 2021 yil sentabr oyida u yo‘g‘on ichakdagi o‘simtani olib tashlash bo‘yicha operatsiya qilindi. 2022 yilda esa uchta xavfli o‘sma va siydik yo‘llari infeksiyasini davolash uchun ikki marta shifoxonaga yotqizilgan edi.
Edson Arantes du Nasimentu yoki «Pele» uch marta (1958, 1962, 1970) jahon chempioni bo‘lgan dunyodagi yagona futbolchi, XX asrning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.
Mavzuga oid

17:50 / 27.02.2025
BRICS yangi a’zo davlatlarni qabul qilishni to‘xtatdi

18:24 / 22.02.2025
Braziliyada kichik shaharchani yer yuta boshladi

13:59 / 21.02.2025
Braziliyada bir vaqtda 4500 ta asalari chaqqan o‘smirning hayoti saqlab qolindi

20:03 / 19.02.2025