O‘zbekiston mahsulotlari – Yevropa bozorlarida

O‘zbekiston 12:05 / 30.11.2022 6637

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ imtiyozlar tizimiga qo‘shilganiga, davlat tomonidan transport xarajatlari uchun 70 foizgacha subsidiyalar ajratilishiga, Yevropa davlatlariga 6,2 ming turdagi mahsulotlarni bojlarsiz eksport qilinishi mumkinligiga sharoitlar yaratilganiga qaramay, Yevropa mamlakatlariga eksport ko‘rsatkichlari to‘qimachilik bo‘yicha 6% ni, elektrotexnika – 3% ni, ipakchilik va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha esa atigi 1% ni tashkil etishi tanqid qilindi. Mamlakatimiz korxonalariga xalqaro sertifikatlar olish va tashqi bozorga chiqishda ko‘maklashish zarurligi ta’kidlandi.  

Shu maqsadda, “O‘ZBeKEKSPeRTIZA” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori v.b Artyom Grigoryans 2022 yil 24 noyabr kuni ACIR SOUTHERN EUROPE S.L. kompaniyasi prezidenti Eduard Gulyan va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Migel de la Kruz Salsedo bilan uchrashdi.

Foto: O‘ZBeKEKSPeRTIZA

Uchrashuv “O‘ZBeKEKSPeRTIZA” aksiyadorlik jamiyati negizida qo‘shma sinov laboratoriyasini tashkil etish orqali O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Janubiy Yevropa mamlakatlariga eksport qilishni tashkil etishga ko‘maklashish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va kelgusida O‘zbekiston tovarlarini Global G.A.P. standartlariga muvofiq sertifikatlashtirish imkoniyatlarini yaratish masalalariga bag‘ishlandi.

Foto: O‘ZBeKEKSPeRTIZA

“O‘ZBeKEKSPeRTIZA” AJ Kompleks ekspertiza va sertifikatlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Azamat To‘xtaxunovning so‘zlariga ko‘ra, tovarlarni Global G.A.P bo‘yicha sertifikatlash O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Janubiy Yevropa mamlakatlariga eksport qilish hajmini sezilarli darajada oshiradi.

  ACIR SOUTHERN EUROPE S.L kompaniyasi prezidenti Eduard Gulyan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi va Ispaniya, Italiya, Portugaliya, Gretsiya, Kipr kabi mamlakatlarda O‘zbekiston mahsulotlariga qiziqish ortib borayotganini alohida ta’kidladi.  

Foto: O‘ZBeKEKSPeRTIZA

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra “O‘ZBeKEKSPeRTIZA” AJ va ACIR SOUTHERN EUROPE S.L kompaniyasi o‘rtasida Artem Grigoryans va Eduard Gulyan ishtirokida loyiha guruhini tuzish va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Hadli bitimni imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.  

Foto: O‘ZBeKEKSPeRTIZA

Ma’lumot o‘rnida: ACIR SOUTHERN EUROPE – Markaziy Osiyo mamlakatlari, Janubiy Yevropa mamlakatlari, jumladan, Ispaniya va Portugaliya biznes uyushmalari va sanoat birlashmalarini bog‘lash uchun mo‘ljallangan yangi xalqaro biznes platformasi operatori. Ushbu biznes-platforma mamlakatlarda loyihalarni kiritish, ilgari surish va amalga oshirish uchun “yagona darcha” hisoblanadi.

ACIR SOUTHERN EUROPE Yevrosiyo kompaniyalari va investorlari bilan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishda Yevrosiyo bozorlarida 20 yildan ortiq tajribaga ega. Ispaniya, Italiya, Portugaliya va O‘zbekistonda o‘z ofislari mavjud, Yevropa va Yevrosiyo moliyalashtirish imkoniyatiga ega texnologik hamkorlar va xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning katta puli mavjud.

Foto: O‘ZBeKEKSPeRTIZA

O‘zbekistonda ACIR SOUTHERN EUROPE turli investitsion va texnologiyalar transferi loyihalarini ishlab chiqmoqda. 2020 yilda Eduard Gulyan raisligida O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi qoshida Iqtisodiy kengash tuzildi. Ushbu vosita Hukumat, biznes hamjamiyati va biznes tashkilotlari o‘rtasida bevosita aloqalarni o‘rnatish imkonini beradi.

Ko‘proq yangiliklar: