Nukusda tartibsizlik uyushtirishda ayblanayotganlardan biri sudda yig‘lab kechirim so‘radi

O‘zbekiston 12:10 / 30.11.2022 23019

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida 2 iyul kungi ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etgan Arislan Temirxanov o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudidagi ochiq sud majlisida ishtirok etayotgan Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, 26 yoshli sudlanuvchi qilgan ishlaridan qattiq pushaymonligini aytib, yig‘lab kechirim so‘radi. 

«Qamalib ketaman deb o‘ylamagandim hech. Xalqimizdan, prezidentimizdan kechirim so‘rayman», — degan Arislan Temirxanov.

«Ustyurt geofizika» korxonasi qo‘riqchisi bo‘lgan Temirxanov 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda Xo‘jayli guzari ko‘chasida «Molotov kokteyli»dan foydalanib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari faoliyatiga qarshilik qilganlikda ayblanmoqda.

U sudda «Molotov kokteyli»ni turli videomurojaatlarni ko‘rib tayyorlaganini gapirib berdi.

Ko‘proq yangiliklar: