JCh-2022. Fransiya Tunisga mag‘lub bo‘ldi, Avstraliya Daniyadan ustun kelib 1/8 finalga yo‘llanma oldi

Sport 22:14 / 30.11.2022 15294

Fransiya muddatdan avval yo‘llanma masalasini hal qilib qo‘ygani bois, «Education City Stadium»da kechgan Tunisga qarshi bahsda Dide Desham deyarli ikkinchi tarkibga ishonch bildirdi. Uchrashuvning 58-daqiqasida tunisliklar yetakchisi Hazri tomonidan kiritilgan gol yakunda Tunisga g‘alaba keltirdi – 1:0. 

Qayd etish joiz, Grizmanning 90+8-daqiqadagi goli VAR orqali bekor qilindi.

«Al Janoub Stadium»dagi parallel o‘yinda esa Avstraliyaning Daniyadan ustun kelgani ikkinchi yo‘llanmani okeaniyaliklarga olib berdi. Lekkining 60-daqiqadagi goli OFK vakiligi Yevropa jamoasi ustidan g‘alabani taqdim etdi – 1:0.

Shu tariqa, Fransiya (6 ochko) va Avstraliya (6 ochko) guruhdan 1 va 2-o‘rinni egallab, 1/8 finalga yo‘llanma olishdi. Tunis 3-o‘rin, Daniya esa so‘nggi o‘ringa tushdi. 

Fransiya nimchorak finalda S guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoaga qarshi, Avstraliya esa S guruhida 1-o‘rinni olgan jamoa bilan kuch sinashadi.

JCh-2022. D guruhi. 3-tur
Tunis – Fransiya 1:0

Gol: 1:0 – 58 Hazri.
Tunis – Damen, Keshrida, Gandri, Merya, Talbi, Maalul, Sxiri, Laiduni, Ben-Romdan (Shalali, 74), Sliman (Abdi, 83), Hazri (Jyebali, 59).
Fransiya – Mandanda, Disasi, Varan (Saliba, 63), Konate, Kamavinga, Veretu (Rabo, 63), Tchuameni, Fofana (Grizmann, 73), Genduzi (Dembele, 79), Koman (Mbappe, 63), Kolo-Muani.
Ogohlantirishlar: Keshrida (28).

Avstraliya – Daniya 1:0 
Gol: 1:0 – 60 Lekki.
Avstraliya – Rayan, Degenek, Suttar, Roulz, Bexich, Muy, Irvayn, Makgri (Rayt, 74), Lekki, Dyuk (Maklaren, 82), Gudvin (Bakkus, 46).
Daniya – Shmeyxel, Kristensen (Ba, 46), Kristensen, Andersen, Mele (Kornelius, 70), Eriksen, Xeyberg, Yyensen (Damsgor, 59), Lindstrem, Breytueyt (Dolberg, 59), Olsen (Skov, 69).
Ogohlantirishlar: Bexich (4), Degenek (57), Skov (75).

Ko‘proq yangiliklar: