Imomali Rahmon: «Sayyoramiz aholisi hayotida insoniyat tarixidagi eng og‘ir davr keldi»

Jahon 19:12 / 30.11.2022 10968

30 noyabr kuni Dushanbe shahrida Tojikiston Xalq demokratik partiyasi (TXDP) Markaziy Ijroqo‘mi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni ochar ekan, partiya raisi, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bugungi kunda dunyo og‘ir sharoitga tushib qolganini aytdi.

«Dunyoni qayta bo‘lib olish va tabiiy resurslardan foydalanish yo‘lida yirik davlatlar manfaatining to‘qnash kelishi, qurollanish tezligining keskin oshishi, sovuq urush yangi bosqichining boshlanishi, axborot urushlari va kiberjinoyatchilikning kuchayishi, shuningdek, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari, ular bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning tarqalishi va boshqa muammolar sayyoramiz aholisi hayotida insoniyat tarixidagi eng og‘ir davr kelishiga sabab bo‘ldi», dedi u.

So‘ngra Tojikiston rahbari partiya faoliyati haqida to‘xtalib, xususan, «XDP Tojikiston siyosiy va jamiyat hayotida samarali rol o‘ynab, siyosiy madaniyatni shakllantirishga munosib hissa qo‘shayotganini» ta’kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: