O‘zbekistonda 1 dekabr kuni qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekiston 12:22 / 30.11.2022 43875

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 1 dekabr, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi –1 daraja sovuq, +1 daraja iliq, kunduzi 3–5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 0–5 daraja; Ustyurtda kechasi 10–15 daraja, kunduzi 5–10 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi – 2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 2–7 daraja, kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, ba’zi joylarda –2 daraja sovuqqacha, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublika tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: