Yaponiyada qordan elektr toki olish sinab ko‘rilyapti

Jahon 14:47 / 29.11.2022 6505

Yaponiyaning Aomori shahrida dekabr-mart oylarida qordan elektr toki olish usuli test qilib ko‘riladi. Shahar Forte texnologik startapi va Tokio elektraloqa universiteti bilan hamkorlikda ishlamoqda. Shaharning turli joylaridan yig‘ilgan qor belgilangan maktab hovuziga olib borib bo‘shatiladi.

Loyiha mualliflarining tushuntirishicha, qor va quyosh harorati elektr energiyasini ishlab chiqarishda asosiy vosita bo‘ladi. Ya’ni issiqlik uzatish quvurlari qorga joylashtiriladi. Tashqarini esa quyoshning harorati isitadi. Haroratdagi bu qarama-qarshilik turbina ichidagi sovitish suvida harakat oqimini paydo qiladi. Bu oqim esa elektr ishlab chiqarish uchun turbinani aylantiradi.

Loyiha muallifi Tokio elektraloqa universiteti dotsenti Koji Enokining aytishicha, bu jarayon quyosh energiyasi kabi samarali elektr energiyasini ishlab chiqarishda qo‘l keladi, shuningdek quyosh energiyasi narxidan ham arzonroqqa tushadi.

Aomori shahar ma’muriyati yo‘llardagi qorlarni tozalash uchun har yili o‘n millionlab dollar sarflaydi. Yig‘ilgan qor esa okeanga tashlanadi. Agar qordan energiya olish rejasi o‘zini oqlasa, bu sanaot zavodlari uchun ham qo‘l keladi. Ular o‘zlarida mavjud qordan juda arzon narxlarda elektr olishga erishishlari mumkin. Loyiha mualliflari startapni Yevropaning qor ko‘p yog‘adigan hududlarida ham sinab ko‘rishmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: