Yakkasaroyda fuqaroni tepgan raisga jarima jazosi berildi
29 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida nogironligi bor fuqaroni tepgan Armug‘on mahallasi raisi A’zam Qodirovga oid ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi. Sud qarori bilan unga salkam 1 mln so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar sudlarining xabariga ko‘ra, Qodirov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik, ya’ni mayda bezorilikni sodir etgan deb topilgan. Shundan kelib chiqib, sudning qarori bilan unga BHMning 3 baravari, 900 ming so‘m miqdorida jarima jazosi berilgan.
Huquqbuzar bu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati berishi mumkinligi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Yakkasaroy tumani Armug‘on mahallasi raisi A’zam Qodirov oddiy fuqaroni tepgan voqeasi 27 noyabr taxminan soat 12:30larda sodir bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Bir kun o‘tib, ya’ni 28 noyabr kuni mahalla guzarida o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng, “o‘z lavozimiga nomunosib xatti-harakati” uchun rais ishdan bo‘shatilgandi.
Mavzuga oid

19:57 / 17.02.2025
Toshkentning Glinka ko‘chasida ko‘p qavatli biznes markazi qurilishi mumkin

16:44 / 12.01.2025
Toshkentda Cobalt yonib ketdi

14:53 / 25.12.2024
Xitoy kompaniyasi Askiya bozorini 225,6 mlrd so‘mga sotib oldi

16:39 / 18.12.2024