Ukraina Slovakiyadan 30 ta BMP-1 piyoda jangovar texnikasini oldi

Jahon 16:22 / 29.11.2022 6657

Ukraina Slovakiyadan 30 ta BMP-1 piyoda jangovar mashinasini oldi. Bu haqda Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad ma’lum qildi

Uskunalar Germaniya bilan kelishuv asosida Ukraina tomoniga topshirildi, deya tushuntirdi Nad.

U Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrextga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Bundan oldin NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo davlatlar o‘rtasida Ukrainaga qo‘shimcha havo mudofaa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha yangi muzokaralar boshlanishiga umid qilayotgani aytilgandi. 

29 noyabr kuni Buxarestda bo‘lib o‘tadigan NATO tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi Kiyevni havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarurligidan dalolat berishi kerak, u ham ehtiyot qismlar va o‘q-dorilar yetkazib berishga, ham askarlarni tayyorlashga taalluqli bo‘lishi lozim, dedi Stoltenberg 28 noyabr dushanba kuni Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis bilan uchrashuvdan keyin.

O‘tgan haftada u Germaniyaning Kiyevga Patriot raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazib berish imkoniyatini izohlab, bu qaror «milliy darajada» qabul qilinishi kerakligini ta’kidlagan edi. 

Ukraina bilan chegaradan 5 km uzoqlikdagi Polshaning Pshevoduv qishlog‘ida raketa qulashi munosabati bilan Germaniya Polsha havo hududini himoya qilish uchun Polshaga Patriot tizimlarini taqdim etishni taklif qildi, biroq Varshava ushbu tizimlarni Ukraina harbiy havo hududiga joylashtirishni yoqladi. O‘z navbatida, Germaniya mudofaa vaziri Kristine Lambrext NATOda bu masala bo‘yicha munozaralar o‘tkazilishi kerakligini aytdi.

Yyens Stoltenbergning fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqinlashib kelayotgan qishdan Ukrainaga qarshi urushda qurol sifatida foydalanishga harakat qilmoqda. NATO bosh kotibi Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga bergan zarbalariga ishora qilib, «Ukrainaga o‘zini bu dahshatli urush usulidan himoya qilishda yordam berishimiz kerak», dedi.

Tashqi ishlar vazirlarining Buxarestdagi uchrashuvi nafaqat Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga, balki Rossiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantirishga ham bag‘ishlanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: