Serbiya va Urugvay guruhda qoladimi? Pley-offga chiqish uchun kimga qanday natija kerak?

Sport 15:47 / 29.11.2022 17121

G guruhi

1-tur: Shveytsariya — Kamerun — 1:0, Braziliya — Serbiya — 2:0
2-tur: Serbiya — Kamerun — 3:3, Braziliya — Shveytsariya — 1:0

Guruhda 3-tur uchrashuvlari 2 dekabr kuni Kamerun — Braziliya (00:00), Serbiya — Shveytsariya (00:00) jamoalari ishtirokida kechadi.

1. Braziliya pley-off yo‘llanmasini hal qildi va amalda birinchi o‘rinni ham kafolatladi. Bu o‘rinni boy berish uchun, pentakampeonlar Kamerunga yutqazishi, Shveytsariya Serbiyani yengishi hamda janubiy amerikaliklarni to‘plar nisbatiga ko‘ra ortda qoldirishi talab etiladi.

2. Shveytsariya uchun barchasi oddiy: g‘alaba jamoani pley-offga olib chiqadi, durang hisob qayd etilsa ham, faqat Kamerun Braziliyadan uch ochko oladigan ssenariydan xavotir olish kerak bo‘ladi. Mag‘lubiyatga uchralsa — turnirni tark etadi.

3. Kamerun va Serbiya jamoalarini faqat g‘alaba qoniqtiradi, shu bilan birga ikki jamoa ham to‘plar nisbati e’tiborga olinishini yoddan chiqarmasligi kerak. Raqib darajasiga ko‘ra bolqonlarda imkoniyat yaxshiroq.

N guruhi

1-tur: Urugvay — Koreya — 0:0, Portugaliya — Gana — 3:2
2-tur: Koreya — Gana — 2:3, Portugaliya — Urugvay — 2:0

Guruhda 3-tur uchrashuvlari 2 dekabr kuni Koreya — Portugaliya (20:00), Gana — Urugvay (20:00) jamoalari ishtirokida kechadi.

1. Bu yerda ham vaziyat G guruhidagi kabi. Portugaliya — Braziliya rolida, Gana — Shveytsariyaning, Urugvay va Koreya esa — Serbiya va Kamerun holatida.

2. Portugaliya pley-off yo‘llanmasini hal qildi, birinchi o‘rinni esa faqat Koreyadan mag‘lub bo‘lib, Gana esa o‘z o‘yinida g‘alaba qozongan taqdirda boy berishi mumkin, shunda ham afrikaliklar so‘nggi turda to‘plar nisbatni yevropaliklarnikidan yaxshiroq qilib olishi kerak bo‘ladi.

3. Ganaga 1/8 final yo‘llanmasini kafolatlash uchun g‘alaba kerak, durang hisob qayd etilsa, uchinchi o‘ringa tushib ketish xavfi bo‘ladi — buning chun Koreya so‘nggi turda portugallarni «+2» yoki undan ko‘p gol farqi bilan yutishi kerak.

4. Urugvay va Koreyaga faqat g‘alaba kerak — ikki jamoa ham so‘nggi turda muvaffaqiyatga erishgan taqdirda, to‘plar nisbati yaxshiroq bo‘lgan jamoa pley-offga chiqadi (ikkinchi mezon — urilgan gollar soni bo‘ladi).

Pley-off

G va N guruhidan chiqqan jamoalar 1/8 finalda o‘zaro to‘qnash keladi. Braziliya — Portugaliya o‘rtasida supero‘yin ro‘y berishi ehtimoli kam, ammo boshqa yorqin viveskalar ham bor. Masalan, besh karra jahon chempionlari urugvayliklar bilan Janubiy Amerika jangini o‘tkazishi yoki Portugaliya — Serbiya juftligi yuzaga kelishi mumkin — aynan bolqonliklar jamoasi saralash bosqichida portugallarni ortda qoldirib, Krishtianu Ronaldu va jamoani o‘tish o‘yinlariga jo‘natgandi.

Ko‘proq yangiliklar: