Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin kelasi hafta Samarqandga tashrif buyuradi

O‘zbekiston 00:29 / 29.11.2022 10934

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 1-2 dekabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Bu haqda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi ma’lumotlariga tayanib Podrobno.uz xabar berdi.

Mishustin Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumida ishtirok etadi. O‘zbekiston tomonidan delegatsiyaga O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchilik qiladi.

Forumda transport-logistika sohasini rivojlantirish, qo‘shma sanoat loyihalari, savdo-iqtisodiy hamkorlik, ikki mamlakat kichik va o‘rta biznes hamkorligi kabi masalalar muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: