O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo‘lgan hudud ma’lum qilindi

O‘zbekiston 07:16 / 29.11.2022 14035

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, eng yuqori tashqi savdo aylanmasi Toshkent shahrida qayd etildi – 15,7 mlrd dollar. Bunda, eksport – 3,8 mlrd dollar, import – 11,9 mlrd dollarga teng.

Undan keyingi o‘rinlardan tashqi savdo aylanmasi mos ravishda 4,5 mlrd dollar hamda 3,5 mlrd dollarni tashkil etgan Toshkent viloyati (eksport – 1,7 mlrd dollar, import – 2,8 mlrd dollar) va Andijon viloyati (eksport – 992 mln dollar, import – 2,5 mlrd dollar) joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Samarqand viloyati – 1,9 mlrd dollar, eksport – 545 mln dollar, import – 1,4 mlrd dollar:
  • Farg‘ona viloyati – 1,7 mlrd dollar, eksport – 703,4 mln dollar, import – 1,0 mlrd dollar;
  • Namangan viloyati – 1 mlrd dollar, eksport – 476 mln dollar, import – 571 mln dollar;
  • Navoiy viloyati – 1 mlrd dollar, eksport – 500 mln dollar, import – 523 mln dollar;
  • Buxoro viloyati – 981 mln dollar, eksport – 251 mln dollar, import – 730 mln dollar;
  • Xorazm viloyati – 679 mln dollar, eksport – 215 mln dollar, import – 464 mln dollar;
  • Sirdaryo viloyati – 643 mln dollar, eksport – 259 mln dollar, import – 384 mln dollar;
  • Jizzax viloyati – 564 mln dollar, eksport – 161 mln dollar, import – 403 mln dollar;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 499 mln dollar, eksport – 303 mln dollar, import – 196 mln dollar;
  • Qashqadaryo viloyati – 456 mln dollar, eksport – 246 mln dollar, import – 210 mln dollar;
  • Surxondaryo viloyati – 320 mln dollar, eksport – 190 mln dollar, import – 130 mln dollar.
Ko‘proq yangiliklar: