Koreya O‘zbekistonda «Tibbiyot universitetini tashkil etish» loyihasini amalga oshirishda yordam beradi

O‘zbekiston 10:12 / 29.11.2022 1649

Muzokaralar chog‘ida mazkur jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlangan umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq bo‘lgan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Milliy onkologiya markazi va Kattalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi qurilishi hamda Toshkent Pharma Park klasteri hududida farmatsevtika universitetini tashkil etish (1-bosqich) loyihalari shular jumlasidan.

«Tibbiyot universitetini tashkil etish» va Toshkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri ilmiy-o‘quv qismlarini yaratish»  (2-bosqich) loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida ahdlashuv bayonnomasini imzolashni tezlashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Tomonlar qarz bitimlarini imzolashdan oldingi tartibotlarni soddalashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi va hamkorlik yangi yo‘nalishlarini, mintaqaviy avtomobil hamda temiryo‘l kommunikatsiyalarini rivojlantirish va sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishni belgilab oldi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muhokama qilingan tashabbuslarni, 2023-2024 yillarda hayotga tatbiq etishga rejalashtirilgan yangi loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Ko‘proq yangiliklar: