JCh-2022. Niderlandiya va Senegal 1/8 finalga yo‘llanma oldi

Sport 22:07 / 29.11.2022 15388

«Al Bayt» stadionida Niderlandiya Gakpo va de Yongning goli evaziga mezbon Qatarni mag‘lub etib, nimchorakfinalga yo‘llanma oldi. Mezbonlar esa turnir bilan xayrlashishdi.

«Xalifa» stadionida kechgan ikkinchi o‘yinda esa Senegal Sarr va Kulibalining goli evaziga Ekvadordan ustun keldi. Ekvadorliklardan Kaysedo jamoasining goliga mualliflik qildi – 2:1.

Shu tariqa, Niderlandiya 7 ochko bilan 1-o‘rin, Senegal esa 6 ochko bilan 2-o‘rinni egallab musobaqaning 1/8 final bosqichiga yo‘llanma oldi. Niderlandlar V guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoaga qarshi, Senegal esa V guruhi g‘olibiga qarshi o‘yinda chorakfinal uchun kurashadi.

JCh-2022. A guruhi. 3-tur. 
Niderlandiya – Qatar 2:0

Gollar: 1:0 – 26 Gakpo, 2:0 – 49 de Yong.
Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind, de Ron (Kopmeyners, 83), Klassen (Bergeys, 66), de Yong (Taylor, 86), Depay (Yanssen, 66), Gakpo (Vegorst, 82).
Qatar – Barsham, Muhammad, Xuxi, Ro-Ro, Hassan, Ahmad, Xoder, Xotam, Madibo (Budiaf, 64), Alaa, Al-Haydos (Assadalla, 64), Ali (Muntari, 64), Afif.
Ogohlantirish: Ake (52).
 
Ekvador – Senegal 1:2
Gollar: 0:1 – 44, penalti Sarr, 1:1 – 67 Kaysedo, 1:2 – 70 Kulibali.
Ekvador – Galindes, Presiado, Torres, Inkapie, Estupinyan, Poroso, Grueso (Sifuentes, 46), Franko (Sarmiyento, 46), Kaysedo, Plata, Valensiya, Estrada (Reasko, 64).
Senegal – Mendi, Sabali, Kulibali, Diallo, Yakobs, Mendi, Guyye, Guyye, Siss, Ndiay, Deng, Sarr, Dia.
Ogohlantirish: Guyye (66).

Ko‘proq yangiliklar: