G7 adliya vazirlari Berlinda Ukrainadagi harbiy jinoyatlarni muhokama qilyapti

Jahon 15:36 / 29.11.2022 5259

Berlinda 29 noyabr, seshanba kuni «Katta yettilik» mamlakatlari adliya vazirlari uchrashdi. G7 bu formatda birinchi marta yig‘ilyapti. Konferensiyaning asosiy mavzusi - Ukrainada sodir etilgan harbiy jinoyatlar. Yig‘ilish ishtirokchilari keyinchalik aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun ushbu jinoyatlar bo‘yicha tergovni muvofiqlashtirishni optimallashtirish niyatida.

Uchrashuv boshlanishidan oldin Germaniya adliya vaziri Marko Bushmanning aytishicha, Rossiya Ukrainaga qarshi jinoiy usullar bilan urush olib bormoqda, jumladan, Ukraina energetika infratuzilmasini vayron qilish maqsadi bor. «Rossiyaning taktikasi harorat 30 daraja sovuqqacha tushishi mumkin bo‘lgan qishda odamlarni issiqlik va elektr energiyasisiz qoldirishga qaratilgan», — dedi vazir. 

«Katta yettilik» adliya vazirlari konferensiyasida Yevropa Ittifoqining adliya bo‘yicha komissari Dide Reynders, Haagadagi Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon, shuningdek, Ukraina adliya vaziri va bosh prokurori Denis Malyuska va Andrey Kostin ishtirok etmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: