AQSh dunyodagi eng qimmat dorini ro‘yxatdan o‘tkazdi 

Jahon 21:44 / 29.11.2022 12853

Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng qimmat dori vositasidan foydalanishga ruxsat berdi, deb yozdi Oddity Central. Bitta inʼeksiya narxi taxminan $3,5 mln. 

Preparat Hemgenix deb ataladi. Dorishunoslarning fikricha, uning yordamida odam gemofiliya – qon quyulishi buzilishidan tuzalib ketadi. 

Hozirgacha standart muolajalar bemorlarning qonida yetishmayotgan protein miqdorini yetarli darajada ushlab turish uchun doimiy inʼeksiyalarni talab qilgan, ammo yangi dori tufayli gemofiliya bilan og‘rigan bemorlarga to‘liq shifo topish uchun preparatning bir dozasi yetarli bo‘ladi. 

Hemgenix ampulasining narxi 3,5 million dollarni tashkil etadi, bu esa uni tarixdagi eng qimmat doriga aylantiradi. Biroq, yuqori narxga qaramay, ekspertlarning fikricha, preparat muvaffaqiyatga erishish imkoniyatiga ega - gemofiliya uchun mavjud davolash usullari ham katta pul talab qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: