Kuz faslining oxirgi kunlari salqin va yomg‘irli ob-havo bilan kuzatiladi

O‘zbekiston 13:27 / 28.11.2022 12067

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qolgan hududlarda esa tuman tushishi saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 12-17 daraja iliqni, shimolda 0-5 daraja iliqni tashkil etadi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Seshanba va chorshanba kunlari shimoliy hududlardan tashqari O‘zbekistonning qolgan barcha hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 29 noyabrda ayrim joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ushbu kunlarda harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.

O‘zbekistonda qish o‘z vaqtida boshlanadi. 1 dekabrga o‘tar kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 2-7 daraja iliqdan oshmaydi.

2 dekabrda mamlakat hududida kam bulutli va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.

29 noyabr – 1 dekabrda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: