JCh-2022. Gana Quddusning dubli evaziga Janubiy Koreyani mag‘lub etdi

Sport 20:16 / 28.11.2022 13279

«Education City Stadium»da 100 daqiqa davom etgan uchrashuvning birinchi bo‘limida Salisu va Quddus koreyaliklar darvozasini ishg‘ol etib, tanaffusga Ganani g‘olib sifatida olib chiqishdi – 2:0.

Ikkinchi bo‘limning 58 va 61-daqiqalarida Chjo Gyu Son dublga erishib, kambek ko‘rsatayotgan edi – 2:2.

Ammo 68-daqiqada Muhammad Quddus dublini rasmiylashtirib, yakunda Ganaga muhim g‘alabani taqdim etdi – 3:2. O‘yin yakunida koreyaliklar ustozi Paulo Bentu hakam tomonidan chetlatildi.

Shu tariqa, Gana 3 ochko bilan hozircha 2-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, koreyslar 1 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Guruhdagi ikkinchi o‘yin Portugaliya va Urugvay o‘rtasida o‘tkaziladi (23:59). Koreya so‘nggi o‘yinda (2 dekabr) Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi, Gana esa Urugvay bilan o‘ynaydi.

JCh-2022. H guruhi. 2-tur
Janubiy Koreya – Gana 2:3

Gollar: 0:1 – 24 Salisu, 0:2 – 34 Quddus, 1:2 – 58 Chjo Gyu Son, 2:2 – 61 Chjo Gyu Son, 2:3 – 68 Quddus.
Janubiy Koreya – Kim Sin Gyu, Kim Mun Xvan, Kim Yen Gvon, Kim Min Chje, Kim Chjin Su, Chjon U Yen (Xvan Iy Chjo, 79), Kvon Chxan Xun (Li Kan In, 57), Xvan In Bom, Chjon Vu Yen (Na San Xo, 46), Son Hyon Min, Chjo Gyu Son.
Gana – Ati-Ziji, Lempti (Odoi, 78), Amarti, Salisu, Mensa (Baba, 88), Parti, Quddus (Jiku, 83), Abdul-Samed, Ayyu (Kere, 78), Ayyu (Sulaymoni, 78), Uilyams.
Ogohlantirishlar: Amarti (21), Chjon U Yen (27), Lempti (73), Kim Yen Gvon (77).

Ko‘proq yangiliklar: