JCh-2022. Xorvatiya Kanadani yirik hisobda yengdi, Kramarichdan dubl

Sport 23:03 / 27.11.2022 14223

Jahon chempionatida F guruhida 2-tur bahslari yakunlandi. 

Amaldagi vitse-chempion Xorvatiya Kanada bilan o‘yinda tezkor to‘p o‘tkazib yuborganiga qaramay, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Devisning goliga Kramarich (2ta), Livayya va Mayer javob berishdi.

E’tiborlisi, Devisning goli Kanada uchun mundiallardagi birinchisi bo‘ldi. 

Guruhning boshqa o‘yinida Marokash Belgiyani (2:0) mag‘lub etgandi. 

So‘nggi tur oldidan Kanada (0) pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. 3-turda Xorvatiya (4) Belgiya (3) bilan o‘ynaydi, Marokash (4) autsayderga qarshi maydonga tushadi.

JCh-2022. 2-tur. F guruhi
Xorvatiya — Kanada 4:1

27 noyabr, «Xalifa» stadioni
Gollar: Kramarich (36, 70), Livayya (44), Mayer (90+4) — Devis (2).
Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa, Modrich (Pashalich, 86), Kovachich (Mayer, 86), Brozovich, Perishich (Orshich, 86), Kramarich (Vlashich, 73), Livaya (Petkovich, 60). 
Kanada – Boryan, Jonston, Vitoriya, Miller, Lareyya (Hoylett, 62), Hatchinson (Adekugbe, 73), Eushtakiu (Kone, 46), Byukenen, Larin (Osorio, 46), Devid (Kavallini, 72), Devis.
Ogohlantirishlar: Byukenen (52), Lovren (56), Modrich (85), Miller (85).

Ko‘proq yangiliklar: