JCh-2022. Argentina Meksikani mag‘lub etib 2-o‘ringa ko‘tarildi, Messidan gol+assist

Sport 02:31 / 27.11.2022 16221

Qatarda o‘tayotgan jahon chempionatida C guruhida 2-tur yakunlandi. 

So‘nggi o‘rindagi Argentina Meksikaga qarshi bahsda Lionel Messi va Enso Fernandesning chiroyli gollari evaziga g‘alaba qozondi. 

Skaloni jamoasi g‘alabadan so‘ng ochkolarini 3taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra Saudiya Arabistonini ortda qoldirdi va 2-o‘ringa chiqib oldi. Meksika (1) so‘nggi pog‘onaga tushdi.

Ushbu guruhdagi Polsha (4) va Saudiya Arabistoni (3) o‘rtasidagi bellashuvda Yevropa jamoasi 2:0 hisobida ustun kelgandi.

30 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan so‘nggi tur oldidan barcha jamoada imkoniyat bor. 3-turda Argentina peshqadam Polsha bilan, Meksika Saudiya bilan to‘qnash keladi. 

JCh-2022. S guruhi. 1-tur
Argentina — Meksika 2:0

26 noyabr, «Lusayl» 
Gollar: Messi (64), Fernandes (87). 
Argentina – Martines, Montel (Molina, 63), Otamendi, Martines, Akunya, Di Mariya (Romero, 69), Mak Allister (Palasios, 69), De Paul, Rodriges (Fernandes, 57), Messi, Martines (Alvares, 63). 
Meksika – Ochoa, Alvares (Ximenes, 66), Moreno, Arauxo, Montes, Galyardo, Guardado (Guterres, 42), Errera, Chaves, Losano (Alvarado, 73), Vega (Antuna, 66).
Ogohlantirishlar: Arauxo (22), Montel (43), Guterres (50), Errera (66), Alvarado (89).

Ko‘proq yangiliklar: