Xiaomi sovuqda isitadigan «aqlli» sharfni chiqardi

Jahon 19:18 / 26.11.2022 4602

Qish fasli arafasida Xitoyning Xiaomi kompaniyasi isitish funksiyasiga ega «aqlli» Smart Heating sharfini taqdim qildi.

Sharf pauerbankdan quvvat oladi va bir necha soniya ichida 38°C, 45°C yoki 50°C darajagacha isitadi. DuPont Sorona Aura bio-momig‘i esa haroratni saqlab turadi.

Qayd etilishicha, sharfning isitish elementlari qizib ketish va qisqa tutashuvlardan himoyalangan, shuningdek, IPX7 standarti bo‘yicha namlikdan himoya ham mavjud. Agar nosozlik bo‘lsa, aksessuar favqulodda o‘chish rejimiga ega.

Xitoyda sharf 179 yuanga (qariyb $25) sotuvga chiqarilgan, to‘plamda 5000 mA*s pauerbanki ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: