Qozog‘iston Senatiga saylovlar sanasi ma’lum qilindi

Jahon 18:16 / 26.11.2022 7188

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati (yuqori palatasi) deputatlari uchun saylovni 2023 yil 14 yanvarga tayinlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

«Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati deputatlarining 2023 yilda konstitutsiyaviy vakolat muddati tugashi munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati deputatlari saylovini 2023 yil 14 yanvarga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilaman», — deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

26 noyabr kuni Qosim-Jo‘mart To‘qayev qasamyod qilib, davlat rahbari lavozimiga kirishdi.

Ko‘proq yangiliklar: