Kanadalik muxlis jahon chempionati o‘yinlariga kirish bo‘yicha dunyo rekordini yangilamoqchi

Sport 01:00 / 26.11.2022 15641

Kanadaning Saskachevan shahrida yashovchi Li Kormish bitta jahon chempionatidagi o‘yinlarga kirish bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobidagi ko‘rsatkichni yangilamoqchi.

«Meni kuzatib borishingizni so‘rayman va sayohatim davomida ba’zilaringiz bilan uchrashishni intiqlik bilan kutaman. Bu ajoyib oy bo‘ladi. Jahon chempionati boshlandi. Buni his qilyapsizmi? Men his qilyapman. Men tayyorman», - dedi Kormish ijtimoiy tarmoqdagi videoxabarida.

Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, jahon chempionati o‘yinlariga kirish bo‘yicha rekord Tulani Ngkoboga tegishli. U 2010 yilda Janubiy Afrikada o‘tgan turnirning 31 ta o‘yiniga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Kormish Qatardagi jahon chempionatida 41 ta o‘yinga kirmoqchi va bu rekordni o‘zining YouTube kanali va ijtimoiy tarmoqlarda muhrlamoqchi.

Muvaffaqiyatga erishish uchun Kormish jahon chempionatining 8 ta stadioniga borishi va o‘yinni tomosha qilganini tasdiqlaydigan ikkita guvohga ega bo‘lishi kerak.

Qatardagi jahon chempionati ixchamligi tufayli muxlislarga ko‘plab o‘yinlarni tomosha qilish imkonini beradi. Mamlakat stadionlari orasidagi eng uzun masofa atigi 75 kilometrni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: