Soliq kodeksiga yangi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi

O‘zbekiston 08:50 / 25.11.2022 4935

“Soliqni hisoblab chiqarish tartibi ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Qonun loyihasi, Soliq kodeksi ayrim moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi 4 ta moddadan iborat.

415-, 422-, 429-, 437-, 461- va 462-moddalarga o‘zgartirishlar kiritish orqali, 2022 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari bo‘sh turgan binolari, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish obektlariga nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan ta’sir choralari qo‘llanilishi bekor qilinmoqda.

424- va 425-moddalarga qo‘shimchalar kiritish orqali, doimiy foydalanish huquqiga ega bo‘lgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari bilan tuzilgan ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari bo‘yicha ijara to‘lovlar yer solig‘iga tenglashtirilmoqda, ushbu yer uchastkalari bo‘yicha soliq to‘lovchi aniqlashtirilmoqda.

483-moddaga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda:

a) mamlakat 11 ta viloyatidagi 47 ta sharoiti “og‘ir” bo‘lgan tumanlarida yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soliqlari hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to‘lanishi belgilanmoqda;

b) 2025 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda quyidagilar:

elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi elektrotexnika tarmoq korxonalariga foyda solig‘ini hisoblashda yangi texnologik uskunalar qiymati, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlari summalari 30 foizini birinchi yilda investitsiyaviy chegirma sifatida chegirish huquqini berish;

elektrotexnika tarmoq korxonalari ixtisoslashtirilgan markazlariga, ular obektlari va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini, mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summadan 1 foiz miqdorida, ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lash nazarda tutilmoqda;

v) 2020 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 iyungacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslar uchun Soliq kodeksi 437-moddasi to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan uch karrali stavkada soliq hisoblash tartibini to‘xtatib turish belgilanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: