O‘zbekistonda sodir etilgan jinoyat omillarini «ilmiy diagnoz» asosida aniqlash yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 10:26 / 25.11.2022 4992

2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2023 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” e’lon qilindi.

Sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar asl omillarini “ilmiy diagnoz” asosida aniqlash va “ilmiy diagnoz xulosasi” bilan E-jamoat xavfsizligi axborot tizimi orqali rasmiylashtirish tartibini joriy qilish rejalashtirilmoqda. 

Bunda:

  • jinoyatlar omillarini ilmiy diagnoz asosida aniqlash metodikasini tasdiqlash;
  • jamiyat manfaatlariga qarshi ma’muriy huquqbuzarliklar omillarini ilmiy diagnoz asosida aniqlash metodikasini tasdiqlash;
  • jinoyatlar va jamiyat manfaatlariga qarshi ma’muriy huquqbuzarliklar omillarini ilmiy diagnoz asosida aniqlash uchun mas’ul ilmiy tashkilotlar mutaxassislarini haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida ishga jalb qilish tartibi;
  • jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklar omillarini bartaraf etish haqidagi taqdimnomalarni, jinoyatlar va jamiyat manfaatlariga qarshi ma’muriy huquqbuzarliklar omillari haqidagi ilmiy diagnoz xulosalarini E-jamoat xavfsizligi axborot tizimi “Huquqbuzarliklar omillari” modulida rasmiylashtirish tartibi nazarda tutiladi.
Ko‘proq yangiliklar: