O‘zbekiston shaxmatchilari jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi 

Sport 23:07 / 25.11.2022 23129

O‘zbekiston shaxmatchilari finalda Xitoy bilan bellashib, 2 ta raund (1,5:2,5 va 1,5:2,5) yakuniga ko‘ra mag‘lub bo‘lishdi. Jahon chempionatining kumush medali o‘zbek shaxmati tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi. 

Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi sharafini GM Nodirbek Yoqubboyev, GM Javohir Sindarov, GM Jahongir Vohidov, GM Shamsiddin Vohidov, IM Abdimalik Abdisalimov va IM Ortiq Nigmatov himoya qildi. Shaxmatchilarimizga niderlandiyalik Ivan Sokolov sardorlik va murabbiylik qildi. 

Avvalroq, O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida AQSh (2,5-1.5), Isroil (2,5-1,5) va Hindistonni (3,5-0,5) mag‘lub etib, Polsha (2:2) bilan durangga erishib, Ozarboyjonga (1,5-2,5) yutqazgan edi. Bu natijalar shaxmatchilarimizga guruhda birinchi o‘rin bilan chorakfinalga chiqish uchun yetarli bo‘ldi. 

So‘ngra, O‘zbekiston shaxmatchilari chorakfinalda Ukrainani 2 ta raundda (3:1 va 2,5:1,5), yarimfinalda esa Hindistonni 2 ta (2:2 va 2,5:1,5) raundda mag‘lub etishgandi.

Ko‘proq yangiliklar: