Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib tasdiqlandi 

O‘zbekiston 14:00 / 25.11.2022 28817

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, so‘ng Navoiy viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib tasdiqlandi. 

Sessiya yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev xalq vakillari tomonidan yuksak ishonch bildirilgan Normat Tursunov endi o‘z faoliyatida adolat, sadoqat, halollik va fidoyilik bilan ko‘p yillar Navoiy viloyati ahliga xizmat qilishi lozimligini aytdi. 

Yangi hokim bugundan boshlab o‘z o‘rinbosarlari, tuman va shaharlar hokimlari, sektor rahbarlari, faollar, tadbirkorlar va yoshlarni birlashtirib, har bir tuman va shaharni, qishloq va mahallani rivojlantirish choralarini ko‘rishi lozimligi ta’kidlandi.

Normat Tursunov 2021 yil noyabr oyida Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Undan oldin - 2018 yil yozidan buyon Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgandi.

N.Tursunov davlat soliq xizmati tizimida faoliyatini 1994 yilda Toshkent shahar Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa) tumani davlat soliq inspeksiyasi inspektori vazifasidan boshlab, keyinchalik turli rahbar lavozimlarida ishlagan.

Xususan 2010-2017 yillarda Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 

2017 yil oktabr oyidan 2018 yil iyuniga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Ko‘proq yangiliklar: