Navoiyda ijtimoiy muammolarni hal etishga qo‘shimcha 655 mlrd so‘m ajratiladi

O‘zbekiston 13:11 / 25.11.2022 6886

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, agrar soha, ichimlik suvi va avtomobil yo‘llari loyihalariga qo‘shimcha 180 million dollar jalb qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Bu imkoniyatlardan foydalanib, kelasi yil 240 ming aholi bandligini ta’minlash shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

"2023 yil yakuni bilan Navoiy kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylanishi shart va zarur", dedi davlat rahbari.

Tuman hokimlari har oy mahalliy kengashga mahalla raislari va faollari oldida hisobot berishi ta’kidlandi.

Bundan buyon viloyatda Administratsiya vakillari ish olib borishi, ular viloyatda aholini qiynayotgan muammoli masalalarni tezkor yechish masalalari bilan shug‘ullanishi qayd etildi.

Ko‘proq yangiliklar: