JCh-2022. Eron 90+8 va 90+11-daqiqadagi gollar evaziga Uelsni mag‘lub etdi

Sport 17:17 / 25.11.2022 13249

«Ahmad bin Ali» stadionida kechgan o‘yinning kulminatsion voqealari so‘nggi daqiqalarda yuz berdi. 86-daqiqada uelsliklar darvozaboni maydondan chetlatilgach, forslar 90+8 va 90+11-daqiqalardagi gollar evaziga turnirdagi dastlabki g‘alabasiga erishdi.

Shu tariqa, Eron V guruhida 3 ochko bilan Angliyadan keyingi 2-o‘ringa ko‘tarildi. Guruhdagi ikkinchi bahs bugun soat 23:59da Angliya va AQSh o‘rtasida kechadi. Oxirgi turda esa Eronni AQShga qarshi o‘ta muhim bahs kutib turibdi. Uchrashuv 29 noyabr kuni o‘tkaziladi. Angliya esa qo‘shnisi Uels bilan o‘ynaydi.

JCh-2022. V guruhi.
Uels – Eron 0:2

Goly: 0:1 – 90+8 Chashmi, 0:2 – 90+11 Rizoyon.
Uels – Hennessi, Robers (Jonson, 57), Devis, Rodon, Mifem, Uilyams, Ampadu (Allen, 77), Remzi (Uord, 87), Uilson (Jyeyms, 58), Beyl, Mur.
Eron – Hussayni, Rizoyon, Puraliganji, Hussayni, Muhammadiy, Gulizoda (Jahonbaxsh, 77), Hojisafi (Turobiy, 77), Izzatulloiy (Karimiy, 83), Nurullohiy (Chashmi, 78), Torimiy, Ozmun (Ansarifard, 68).
Ogohlantirishlar: Rodon (45), Rezayan (90), Jahonbaxsh (90).
Chetlatish: Hennessi (86).

Ko‘proq yangiliklar: