JCh-2022. Braziliya mundialni Serbiya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi

Sport 02:41 / 25.11.2022 13952

Qatarda o‘tkazilayotgan jahon chempionatida 1-tur bahslari yakuniga yetdi. 

Chempionlikka da’vogarlardan biri Braliziya Risharlisonning dubli evaziga Serbiyani mag‘lubiyatga uchratdi. Hujumchi birinchi golda darvozabondan qaytgan to‘pni ochiq darvozaga yo‘llagan bo‘lsa, ikkinchisida akrobatik zarbasi bilan supergol muallifiga aylandi.

Guruhning birinchi o‘yinida Shveytsariya Kamerundan  minimal hisobda ustun kelgandi.

2-tur 28 noyabda bo‘lib o‘tadi — Braziliya Shveytsariya bilan o‘yinda pley-off yo‘llanmasi sohibini  aniqlasa, Serbiya va Kamerun o‘zaro to‘qnash kelishadi.

JCh-2022. 1-tur. G guruhi
Braziliya — Serbiya 2:0

24 noyabr, «Lusayl»
Gollar: Risharlison (62, 73).
Braziliya – Alisson, Danilo, Silva, Markinos, Sandro, Kazemiro, Paketa (Fred, 75), Neymar (Antoni, 80), Risharlison (Jyezus, 79), Rafinya (Martinelli, 87), Vinisius (Rodrigo, 76). 
Serbiya – Milinkovich-Savich, Velkovich, Milenkovich, Pavlovich, Mladenovich (Vlahovich, 66), Gudel (Ilich, 57), Milinkovich-Savich, Lukich (Lazovich, 66), Jivkovich (Radonich, 57), Tadich, Mitrovich (Maksimovich, 83).
Ogohlantirishlar: Pavlovich (7), Gudel (49), Lukich (64).

Ko‘proq yangiliklar: