FXX tomonidan o‘ldirilgan «ukrainalik diversantlar» straykbolchilar bo‘lib chiqdi
FXX tomonidan o‘ldirilgan «ukrainalik diversantlar» Voronejdan kelgan kompyuter o‘yinining muxlislari bo‘lib chiqdi, deb yozadi The Moscow Times.

Foto: theins.ru
Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan o‘ldirilgan «ukrainalik diversantlar» straykbolni yaxshi ko‘radigan Voronejda yashovchilar shaxslar bo‘lib chiqdi. Bu haqda 24 noyabr, payshanba kuni chop etilgan The Moscow Times surishtiruvi guvohlik bermoqda.
The Moscow Times jurnalistlari ijtimoiy tarmoqlarda halok bo‘lgan uch kishidan ikki nafarining shaxsiy sahifalarini topdi. Ulardan biri - Vladimir Kotovskiy, tanishlariga ko‘ra - «oddiy texnik, mehnatkash» va «Navalniyning tarafdori». Ikkinchisida Stalker Fosgen taxallusi bor edi. Sahifalaridagi yozuvlarga qaraganda, ikkalasi ham S.T.A.L.K.E.R kompyuter o‘yinining muxlislari bo‘lgan. Voronejning straykbol jamoasida ularning shaxsi nashrga tasdiqlandi.
Jurnalistlar aniqlaganidek, o‘lganlardan birida topilgan yashil bo‘ri tasviri va «Iroda» yozuvi tushirilgan bayroq aslida S.T.A.L.K.E.R videoo‘yinidagi «Ozodlik» guruhining emblemasi hisoblanadi. «Rossiya 1» telekanalidagi «Vesti» dasturi avvalroq bu «Yevromaydanning fuqarolik sektori» tomonidan asos solingan Ukrainaning «Volya» partiyasi timsoli ekanligi va o‘lganlar «Ukraina terrorchilari» deb atalganini bildirgan edi.
23 noyabr kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Xarkiv viloyatidagi harbiy va energetika obektlarida «sabotaj qilishga urinish bostirilgani» haqida ma’lum qildi. FXX ma’lumotlariga ko‘ra, «sabotaj»ni «Ukraina millatchilik mafkurasi tarafdorlari yashirin yacheykasi»ning uch nafar a’zosi tayyorlagan. Ularning barchasi FXX tomonidan o‘ldirilgan: hibsga olish chog‘ida «jamoa rahbari va uning ikki sherigi» «qurolli qarshilik» ko‘rsatgani aytilgan.
Mavzuga oid

21:54 / 27.02.2025
Putin FXXga rossiyaliklar orasida josuslarni faolroq qidirishni buyurdi

20:44 / 04.02.2025
Rossiyalik olimlar xorijliklar bilan hamkorlik qilishdan oldin FXX ruxsatini olishi kerak bo‘ladi

18:15 / 30.08.2024
OAV: Polsha ehtimoliy diversantning qochishiga yordam bergan

00:26 / 20.08.2024