Toshkent tibbiyot akademiyasiga Hindistonning Neo institute tashkiloti tomonidan tibbiy adabiyotlar taqdim etildi

O‘zbekiston 15:27 / 24.11.2022 532

Joriy yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida xalqaro loyihalarni yo‘lga qo‘ydi. Mazkur loyihalar doirasida Hindistonning Neo institute tashkiloti 250 mln so‘m qiymatidagi tibbiy adabiyotlarni sovg‘a qildi.

Foto: Toshkent tibbiyot akademiyasi

23 noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Hindistondagi Neo institute tashkiloti o‘zbekistonlik tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun umumiy qiymati 250 mln so‘mlik tibbiy adabiyotlarni sovg‘a qildi.

Foto: Toshkent tibbiyot akademiyasi

Joriy yilning avgust oyida TTA xalqaro faoliyatini kengaytirib, Hindistonning Dehli shahrida o‘z vakolatxonasini ochgan edi. Mazkur vakolatxona Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati, xodimlari, professor-o‘qituvchilarining Hindistondagi yirik klinikalar, ta’lim maskanlarida malaka oshirishini ta’minlash maqsadida ochilgan. Shuningdek, xorijlik talabalarning ham Toshkent tibbiyot akademiyasida ta’lim olishini yo‘lga qo‘yish ko‘zlangan bo‘lib, 2022-2023 o‘quv yilining o‘zida Hindistondan 250 nafarga yaqin yoshlarning ta’lim olish uchun kelishi rejalashtirilgan.

Foto: Toshkent tibbiyot akademiyasi

Hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi Neo institute tomonidan e’tirof etildi va bundan keyin ham hamkorlikda qo‘shma ilmiy loyihalar yaratilishiga kelishib olindi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: