Shols Rossiyani «bomba terrorini» zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

Jahon 19:02 / 24.11.2022 9261

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiyani Ukrainaga raketalar bilan hujum qilishni to‘xtatishga chaqirdi. Germaniya yetakchisining ta’kidlashicha, Rossiya jang maydonida mag‘lub bo‘lmoqda va shu tufayli muhim infratuzilmaga surbetlarcha zarba bermoqda.

«Tinch aholini bombardimon qilish darhol to‘xtatilishi kerak», dedi Shols.

Shuningdek, u Rossiya «tinchlik muzokaralari uchun yo‘l ochishi» kerakligini qo‘shimcha qildi.

23 noyabr kuni Rossiya navbatdagi marta Ukrainaga keng ko‘lamli raketa zarbalarini berdi. Ukraina qurolli kuchlari deyarli 70 ta raketadan 51 tasini va 5 ta dronni urib tushirdi.

Zarbalar asosan energetika obektlariga berilmoqda. Oqibatda ko‘plab aholi elektr, issiqlik, uyali aloqa va suv ta’minotisiz qolgan. Tinch aholi orasida qurbonlar va jarohatlanganlar ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: