Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada 1,5 million muhojirni mamlakatga taklif qilmoqchi
Mamlakatda tug‘ilish darajasi pasayib borayotgani sababli, hukumat xorijliklarni qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Foto: Reuters
Kanada federal hukumati ulkan rejalar haqida e’lon qildi: 2023 yil yanvardan boshlab 2025 yil oxirigacha mamlakat hukumati har yili 500 ming muhojirni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Ya’ni, yaqin uch yil ichida Kanada aholisi jami 1,5 million kishiga ko‘payishi kerak.
Aholi jon boshiga hisoblanganda, bu Buyuk Britaniya tomonidan qabul qilish rejalashtirilayotgan muhojirlardan qariyb sakkiz baravar va AQSh ma’muriyatinikidan to‘rt barobar ko‘pdir.
Shu bilan birga, yaqinda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov shuni ko‘rsatdiki, Kanada rasmiylarining rejalari mamlakat aholisining kayfiyatini to‘liq aks ettirmaydi, ularning aksariyati chet elliklarning bunday ommaviy oqimidan qo‘rqadi.
O‘nlab yillar davomida Kanada o‘z aholisi va iqtisodiyoti o‘sishini saqlab qolish uchun yangi rezidentlar oqimini ataylab rag‘batlantirib kelmoqda. Shu bilan birga, muhojirlarga Kanadada doimiy yashash huquqi beriladi, ammo fuqarolik emas.
O‘tgan yili 405 ming kishi Kanadada yashash uchun ruxsatnoma oldi – bu mamlakat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich.
Sabablar oddiy arifmetika bilan izohlanadi. Ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgani kabi, Kanadada ham tug‘ilish darajasi doimiy ravishda pasayib bormoqda, aholining o‘rtacha yoshi esa aksincha, doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Bu Kanadani nafaqaxo‘rlar mamlakatiga aylantirish bilan tahdid qiladi. Bu esa mehnatga layoqatli yoshdagilarni qiynab qo‘yishi mumkin.
Kanada nafaqat muhojirlarni, balki qochqinlarni ham qabul qiluvchi mamlakatdir. 2021 yilda hukumat 20 mingdan ortiq qochqinlarga boshpana bergan. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 76 mingga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

18:16 / 14.07.2025
Rossiyada migrantlar uchun qo‘shimcha davlat bojlari joriy etilishi mumkin

15:14 / 14.07.2025
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC

08:01 / 14.07.2025
Tramp immigratsiya va bojxona politsiyasiga «to‘liq vakolat» taqdim etdi

16:30 / 12.07.2025