O‘zbekiston shaxmatchilari jahon chempionatida yarimfinalga chiqdi

Sport 23:44 / 23.11.2022 13850

O‘zbekiston shaxmatchilari chorakfinalda Ukraina bilan bellashib, 2 ta raund (3:1 va 2,5:1,5) yakuniga ko‘ra g‘alaba qozonishdi. 

Endi shaxmatchilarimiz 24 noyabr kuni yarimfinalda Hindiston – Fransiya o‘yini g‘olibi bilan kurashadi. 

Yana bir yarimfinalda Xitoy va Ispaniya shaxmatchilari bahs olib boradi. 

Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi sharafini GM Nodirbek Yoqubboyev, GM Javohir Sindarov, GM Jahongir Vohidov, GM Shamsiddin Vohidov, IM Abdimalik Abdisalimov va IM Ortiq Nigmatov himoya qilmoqda. Shaxmatchilarimizga niderlandiyalik Ivan Sokolov sardorlik va murabbiylik qilyapti. 

Avvalroq, O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida AQSh (2,5-1.5), Isroil (2,5-1,5) va Hindistonni (3,5-0,5) mag‘lub etib, Polsha (2:2) bilan durangga erishib, Ozarboyjonga (1,5-2,5) yutqazgan edi. Bu natijalar shaxmatchilarimizga guruhda birinchi o‘rin bilan chorakfinalga chiqish uchun yetarli bo‘ldi. 

Ko‘proq yangiliklar: