JCh-2022. Ispaniya Kosta-Rikani tor-mor etdi, Torresdan dubl, Gavidan rekord

Sport 23:13 / 23.11.2022 14238

«At-Tumama» stadionida kechgan o‘yinda bahs maydonning faqat bir tomonida o‘tdi, deyish mumkin. Ispaniya raqibini ayab o‘tirmay, Keylor Navas darvozasiga javobsiz 7ta gol urdi – 7:0.

Olmo, Asensio va Torresning gollaridan keyin tanaffusgacha hisob yiriklashgan bo‘lsa, Ferran ikkinchi bo‘limda dublini rasmiylashtirdi, Gavi, Soler va Morata esa farqni yettitaga yetkazishdi.

Qayd etish joiz, shu kuni Gavi Ispaniya safida turnirda maydonga tushgan eng yosh o‘yinchiga (18 yosh, 110 kun) aylanish bilan birga, JChda ham gol urgan eng yosh ispan futbolchisi bo‘ldi. 

Shu tariqa, Luis Enrike shogirdlari turnirdagi eng yirik g‘alabani qayd etib, guruhda to‘plar nisbatiga ko‘ra Yaponiyani ortda qoldirib, 1-o‘ringa ko‘tarilishdi. So‘nggi ikki o‘ringa Germaniya va Kosta-Rika tushdi.

JCh-2022. E guruhi. 1-tur
Ispaniya – Kosta-Rika 7:0

Gollar: 1:0 – 11 Olmo, 2:0 – 21 Asensio, 3:0 – 31, penalti Ferran Torres, 4:0 – 54 Ferran Torres, 5:0 – 74 Gavi, 6:0 – 89 Soler, 7:0 – 90+2 Morata.
Ispaniya – Unai Simon, Aspilikueta, Laport, Rodri, Alba (Balde, 64), Buskets (Koke, 64), Pedri (Soler, 57), Gavi, Olmo, Asensio (Uilyams, 69), Ferran Torres (Morata, 57).
Kosta-Rika – Navas, Fuller, Martines (Uoston, 46), Duarte, Kalvo, Ovedo (Matarrita, 82), Borxes (Agilera, 72), Texeda, Kempbell, Kontreras (Samora, 61), Bennette (Ruis, 61).
Ogohlantirishlar: Kalvo (68).

Ko‘proq yangiliklar: