Toshkentda o‘zini ichki ishlar xodimlari deb tanishtirib, bosqinchilik sodir etgan shaxslar ushlandi
Holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bosqinchilik sodir etgan shaxslarga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Foto: Tergov departamenti
2022 yil 17 noyabr kuni soat 19:00 larda, ikki noma’lum shaxs oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zga mol-mulkini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, Toshkent shahar Yashnobod tumani Cho‘lpon mahallasi hududidan o‘tuvchi Kichik halqa yo‘li yoqasida bo‘la turib, 26 yoshli J.Q.ning oldiga kelib, unga o‘zlarini IIB xodimi deb tanishtirgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular uni noqonuniy valuta ayirboshlashda ayblab, Yunusobod tumani IIO FMBga olib borishini aytib, noma’lum shaxslar biri boshqaruvidagi “Nexia-3” mashinasiga o‘tkazib, Yashnobod tumani Cho‘lpon mahallasi hududiga olib borgan.
Xabarda aytilishicha, bu shaxslar J.Q.ni pichoq bilan qo‘rqitib, yuz va bosh qismlariga urib tan jarohat yetkazgan hamda 1 100 000 so‘m pulini tortib olib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringan.
Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 30 yoshli A.Yo. va 35 yoshli N.U. sodir etgani aniqlangan.
Hodisa sodir bo‘lgan joy hamda N.U. boshqaruvida bo‘lgan “Nexia-3” rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda avtomashina yukxonasidan 1 dona oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksi 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bosqinchilik sodir etgan shaxslarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid

11:47 / 23.02.2025
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi

10:21 / 22.01.2025
Ichki ishlar organlarida ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi

09:47 / 16.01.2025
Chirchiq shahridagi dorixonada bosqinchilik sodir etildi

19:31 / 29.11.2024