O‘zbekiston shaxmatchilari jahon chempionatida chorakfinalga chiqdi 

Sport 23:12 / 22.11.2022 13613

O‘zbekiston shaxmatchilari guruh bosqichining so‘nggi turida Polsha milliy jamoasi bilan 2-2 hisobida durangni qayd etishdi. Bu natija shaxmatchilarimizga B guruhida 1-o‘rin bilan chorakfinalga chiqish imkonini berdi. 

Avvalroq, o‘zbekistonliklar guruhda AQSh (2,5-1.5), Isroil (2,5-1,5) va Hindistonni (3,5-0,5) mag‘lub etib, Ozarboyjonga (1,5-2,5) yutqazishgan edi. 

Chorakfinalda O‘zbekiston milliy jamoasi Ukraina bilan bellashadi. O‘yinlar 23 noyabr kuni o‘tkaziladi. 

Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi sharafini GM Nodirbek Yoqubboyev, GM Javohir Sindarov, GM Jahongir Vohidov, GM Shamsiddin Vohidov, IM Abdimalik Abdisalimov va IM Ortiq Nigmatov himoya qilmoqda. Shaxmatchilarimizga niderlandiyalik Ivan Sokolov sardorlik va murabbiylik qilyapti.

Ko‘proq yangiliklar: