Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish obektini foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan jarayonlar raqamlashtiriladi
“Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, jarayon ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
2023 yil 1 yanvardan tegishli davlat dasturlari va loyihalari doirasida obektlar bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi.
Hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar holati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi.
Har chorakda viloyat, tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qurilish sohasida korrupsiya va qonunbuzilish holatlari oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilikka axborot berib borilishi ta’minlanadi.
2023 yil 1 yanvarga qadar qurilish obektlarini ro‘yxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida 2023 yil 1 yanvarga qadar dasturlar va loyihalar ro‘yxatlarini yuritish, ularga kiritiladigan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar aks ettiriladi. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi.
Mavzuga oid

11:37 / 05.07.2025
Sotilmagan munitsipal obektlar ijaraga beriladi

17:36 / 19.02.2025
«Trest-12»dagi davlat ulushini Doniyor Komilovga tegishli kompaniya sotib oldi

19:57 / 17.02.2025
Toshkentning Glinka ko‘chasida ko‘p qavatli biznes markazi qurilishi mumkin

10:38 / 14.02.2025