Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Changal va qilich» operatsiyasi: Turkiya Suriya va Iroq shimolidagi hududlarga aviazarbalar yo‘lladi
Turkiya kurdlarning Iroq va Suriya shimolidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutdi. Bu Istanbuldagi portlashdan bir hafta o‘tib ro‘y berdi - Turkiya hukumati terakt uchun javobgarlikni Kurdiston ishchi partiyasi zimmasiga yuklagan.

Foto: TURKISH DEFENCE MINISTRY
Turkiya mudofaa vazirligi «Changal va qilich» nomini olgan amaliyotdan maqsad «Istanbulda portlashlar tayyorlagan» kurdlarning bazalari bo‘lganini ma’lum qildi.
Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi Istanbulda sodir etilgan teraktga aloqadorligini rad etmoqda.
Suriya kurdlari tashkilotlaridan birining vakili zarbalar qochqinlar yashaydigan ikki qishloq bo‘ylab berilganini ma’lum qilgan.

Foto: BURAK KARA
Havo reydlari boshlangach, Turkiya mudofaa vazirligining tvitter sahifasida «hisob-kitob soati» kelgani haqida bayonot berilib, qiruvchi samolyot havoga ko‘tarilishi va portlash tasvirlari e’lon qilindi.
«Terrorchilarning boshpanalari, bunkerlar, g‘orlar, tunnellar va omborlari muvaffaqiyatli yakson etildi», dedi Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar. Keyinroq vazirlik Suriya va Iroq shimolida «kurd jangarilari bazalari» bo‘ylab berilgan zarbalar natijasida 89 nishon yo‘q qilingani haqida ma’lumot berdi.
Suriyadagi kurd qurolli tuzilmalari javob choralari ko‘rishni va’da qilishgan va zarbalar Kobani shahri, shuningdek aholi tig‘iz yashaydigan ikki qishloq bo‘ylab berilganini bildirishgan.

Yakshanba kuni kechqurun Turkiya davlat nashrlari Suriya hududidan uchirilgan raketa zarbasi oqibatida Turkiya-Suriya chegarasida uch kishi yaralangani haqida ma’lumot berdi.
Ofisi Buyuk Britaniyada joylashgan Suriya inson huquqlari bo‘yicha observatoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, turklarning aviazarbalari oqibatida Suriyaning o‘zida 30 kishi halok bo‘lgan.
Iroqda qanday nishonlarga zarba berilgani hozircha aniq emas.
Turkiya kurdlarga Istanbulning gavjum ko‘chalaridan birida olti kishi o‘limi va 80 dan ortiq kishi yaralanishiga olib kelgan portlashdan bir hafta o‘tib zarba berdi.

Foto: DELIL SOULEIMAN
Turkiya hukumati portlash uchun javobgarlikni Turkiya, YeI va Suriya terrorchi deb hisoblaydigan, kurdlarning harbiylashgan tuzilmasi bo‘lmish Kurdiston ishchi partiyasi zimmasiga yuklagan.
Ammo Kurdiston ishchi partiyasi «to‘g‘ridan to‘g‘ri tinch aholi vakillariga zarba bermasligi»ni aytgan va portlashga aloqadorligini rad etgan.
Turkiya hukumati Istanbuldagi teraktga aloqadorlikda gumonlab o‘nlab kishilarni qo‘lga olgan, jumladan bombani o‘rnatishda gumonlanayotgan suriyalik ayolni ham.

Foto: NIKOLAY DOYCHINOV
Hibslardan oldin Turkiya adliya vaziri Istanbulda portlagan bomba o‘rindiqda turgan sumkada bo‘lgani, ungacha gumonlanuvchi ushbu o‘rindiqda 40 daqiqa davomida o‘tirganini aytdi.
AFP agentligi xabariga ko‘ra, portlashga aloqadorlikda gumon qilingan yana besh kishi Bolgariyada qo‘lga olingan.
Turkiya janubi-sharqidagi kurdlar o‘n yillar mobaynida mustaqil kurd davlati tuzish uchun kurashib keladi.
So‘nggi yillarda Turkiya Iroq va Suriya shimolida o‘rnashgan kurd guruhlariga qarshi bir qancha harbiy amaliyotlar o‘tkazdi, rasmiy izohlarga ko‘ra, bu amaliyotlardan maqsad Turkiya hududiga hujumlarning oldini olish hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40
-
Olmaota shahrining yuqori qismlarida ko‘p qavatli turar joylar qurishga moratoriy joriy etiladi
Ko‘chmas mulk | 16:39
-
Endi «beshtalik»dagi oliygohlarga kirolmagan abituriyentda oltinchi imkoniyat ham paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 16:31
-
Ikki oyda 73 ming o‘zbekistonlik o‘ziga o‘zi kredit olishni taqiqladi
Iqtisodiyot | 16:26
Mavzuga oid

17:26 / 12.07.2025
Kurdiston ishchilar partiyasi qurollarini topshirmoqda. Bu Turkiya bilan 40 yillik mojaroga nuqta qo‘yadimi?

09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025