Benzema jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi

Sport 10:59 / 20.11.2022 13577

Fransiyalik hujumchi Karim Benzema 2022 yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Fransiya milliy jamoasi rasman ma’lum qildi.

«Real» futbolchisi chap son mushaklaridan jarohat olgani aniqlandi.

«Butun jamoa Karimning qayg‘usiga sherik bo‘lib, uning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi», — deb yozdi Fransiya milliy jamoasining «tvitter»dagi sahifasi.

«Oltin to‘p» sohibi bu mavsumda «Real» safida La Ligada 7 o‘yinda maydonga tushib, 5 gol urgan.

Marca xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsiyal Benzema o‘rniga Fransiya milliy jamoasiga chaqirildi.

Seshanba kuni Avstraliyaga qarshi 1-tur bahsida esa Olive Jiru asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

Bu mavsumda Marsiyal APLda 5 o‘yinda 2 gol va 2 golli uzatmani amalga oshirgan.

Karim Benzema 1978 yildan keyingi davrda jahon chempionatida ishtirok etmagan ilk «Oltin to‘p» sohibi bo‘ldi.

44 yil avval «Hamburg» hujumchisi Kevin Kigan sovrinni qo‘lga kiritgan, biroq Angliya 1978 yilgi mundialning final bosqichiga chiqa olmagandi. 

Ko‘proq yangiliklar: