JCh-2022 mukofot jamg‘armasi e’lon qilindi, g‘olib 42 mln dollar oladi

Sport 17:15 / 19.11.2022 11499

Jahon chempioni bo‘lgan milliy jamoaga 42 mln dollar beriladi. 4 yil oldin Rossiyada o‘tkazilgan turnirda bu qiymat 38 mln dollarga teng edi.

Mukofot jamg‘armasi taqsimoti quyidagicha:

  • JCh-2022 g‘olibi - $42 mln;
  • 2-o‘rin sohibi - $30 mln;
  • 3-o‘rin sohibi - $27 mln;
  • 4-o‘rin sohibi - $25 mln;
  • 5-8-o‘rinlar - $17 mln (jami $68 mln);
  • 9-16-o‘rinlar - $13 mln (jami $104 mln);
  • 17-32-o‘rinlar - $9 mln (jami $144 mln).

Bundan tashqari FIFA futbolchilarni milliy jamoalarga yuborgan klublarga 200 mln dollarni taqsimlab beradi.

Jahon chempionati 20 noyabr kuni Qatarda boshlanadi va 18 dekabrgacha davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: