Kimdir bayram qilyapti, kimdir esa yo‘q. Toshkentda davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi qanday nishonlandi?
18 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab harbiy otryadlarning marshi tashkil etildi. Marsh “Humo arena”dan boshlanib, “Xalqlar do‘stligi” maydonigacha davom etdi.
“Xalqlar do‘stligi” maydonidagi ulkan bayroq yonida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq bo‘linmalar, mototsikllarda harbiy xizmatchilar ishtirokidagi tantanali parad, shuningdek, san’atkorlarning chiqishlari bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbirlari ushbu tadbirlar haqida foto hamda videoreportaj tayyorlashdi.
Turizm va madaniy meros vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi nishonlandi.
Butun respublika bo‘ylab davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi keng nishonlanayotgan, ko‘plab binolarning tepasida milliy tug‘imiz hilpirab turgan bir paytda poytaxtdagi ayrim davlat tashkilotlariga tegishli inshootlarda bayram shukuhi sezilmaganini ham ta’kidlash joiz. Kun.uz obektivi ana shunday inshootlarning bir nechtasini fosh etdi.






Tashqi ishlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligi binolari peshtoqida davlat bayrog‘i qo‘r to‘kib turganini ko‘rish mumkin.


Mavzuga oid

14:38 / 17.01.2025
Shimoliy Koreya harbiylari ilk bor Moskvada 9 may paradida qatnashadi

19:29 / 30.01.2024
Navoiyda xonadonlarga davlat bayrog‘i o‘rnatilmoqda

21:01 / 14.12.2023
Andijonda yukini bayroq bilan yopib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi

10:33 / 02.09.2023