iPhone 15 barcha modellari USB-C ulagichiga ega bo‘ladi

Fan-texnika 17:46 / 17.11.2022 55334

Taniqli tahlilchi Ming-Chi Kuo so‘zlariga ko‘ra, kelasi yilga mo‘ljallangan barcha to‘rtta iPhone 15 smartfonlarida Lightning o‘rniga USB-C ulagichi bo‘ladi.

Shu bilan birga, faqat iPhone 15 Pro va Pro Max ma’lumotlarni tezkor uzatish funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi – ular USB 3.2 yoki hatto Thunderbolt 3 ga ega bo‘lishi mumkin. Qolgan ikkita arzon smartfon esa USB 2.0 standarti bilan cheklanadi va xuddi Lightning kabi tezlikni ta’minlaydi.

Aynan shu farqlar hozirgi Apple planshetlarida bor – yangi iPad nisbatan sekinroq USB 2.0 ga ega, uning ma’lumotlarni uzatish tezligi 480 Mbit/s gacha cheklangan. Taqqoslash uchun, USB 3.2 tezligi 20 Gb/s gacha, Thunderbolt 3 esa 40 Gb/s gacha tezlikka ega.

Ehtimol, bunday farqlar flagman smartfonlarning yana bir yangi afzalligi bo‘lib, xaridorlarni qimmatroq modellarni tanlashga undashi kerak. Mish-mishlarga ko‘ra, 2023 yildagi barcha to‘rtta iPhone 15 Dynamic Island «orolchasi» bilan ta’minlanadi, shuning uchun ularning tashqi ko‘rinishi yanada o‘xshash bo‘ladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: