Germaniya uyali aloqa tizimida ommaviy uzilish yuz berdi
Deyarli barcha uyali aloqa operatorlari ishida katta muammolar haqida xabar berildi.

Foto: imago
Germaniyada uyali aloqa operatorlari ishida keng ko‘lamli nosozlik yuz berdi. Bu haqda 17 noyabr, payshanba kuni Bild nashri xabar qildi.
Nashr turli resurslar ishidagi nosozliklarni kuzatuvchi Allestörungen portaliga tayanib, Germaniyaning deyarli barcha uyali aloqa operatorlari muammolarga duch kelganini qayd etdi. Xususan, ularning mijozlari qo‘ng‘iroq qilish imkoni yo‘qligini ma’lum qilishdi.
Abonentlar shikoyati statistikasiga ko‘ra, muammolar haqidagi xabarlarning aksariyati, ya’ni 19 mingdan ortig‘i O2 operatori abonentlaridan kelib tushgan. Kompaniya Twitter sahifasida nosozlikni tasdiqladi va muammoni bartaraf etish ustida ish olib borilayotganiga ishontirdi.
Bild nashrining yozishicha, muammo sababi hozircha ma’lum emas.
Mavzuga oid

12:45 / 10.03.2025
Germaniya temiryo‘l kompaniyasi poyezdlar kechikkani uchun 196,8 mln yevro to‘ladi

10:27 / 10.03.2025
Germaniyaning 13 ta aeroportida ish tashlash boshlandi

23:28 / 08.03.2025
Germaniyada Mers va Shols partiyalari koalitsiya tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi

14:31 / 08.03.2025