15 yil kutilgan uchrashuv. O‘zbekiston Qozog‘istonga qarshi o‘yinda 30 yillik an’anani davom ettira oladimi?

Sport 17:10 / 16.11.2022 9384

15 yil kutilgan, turli sabablar bilan ortga surilgan bahs

Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan milliy jamoamiz uchun so‘nggi paytlarda O‘FA tomonidan kuchli sparing-sheriklar tanlab kelinmoqda. Qo‘shnilarimiz Yevropa Millatlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashib, «V» liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Mintaqamizdagi eng kuchli jamoalar bahsi – o‘ziga xos derbi futbol muxlislari tomonidan uzoq kutilgan va katta qiziqish uyg‘otadigan voqeaga aylanishi shubhasiz.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy jamoalari so‘nggi marta 2007 yilda, Chimkent shahrida o‘tkazilgan «Alma-TV Kubogi» doirasida to‘qnash kelishgan va hakamlik mojarosi bilan o‘tgan o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan edi. Shundan so‘ng har qancha urinishlar bo‘lmasin, turli sabablar tufayli ikki qo‘shni o‘rtasidagi uchrashuv ortga surilayotgandi. Xususan, 2020 yilda Qozog‘iston milliy jamoasi O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdan voz kechgan edi. O‘shanda qozog‘istonliklar ustozi, chexiyalik mutaxassis Mixal Bilek UYeFA a’zosining Osiyo jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishida ma’no yo‘qligini aytgan va bahsning bekor qilinishiga erishgandi. Nihoyat, Qozog‘iston Yevropa Millatlar ligasi doirasida o‘z uyidagi so‘nggi ikki uchrashuvda Slovakiya va Belarusni mag‘lub etib, «V» ligaga yo‘l olgach, O‘zbekiston bilan o‘yin o‘tkazishga qaror qildi.

Katanets kimlarni tarkibga jalb etgan?

Srechko Katanets murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi 14 noyabrdan Toshkentda yig‘in boshladi. Sloveniyalik 59 yoshli mutaxassis tarkibga 26 nafar futbolchini jalb etgan. Chaqiruv olgan o‘yinchilardan faqat ikki nafar betobligi sababli Qozog‘istonga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi ma’lum bo‘ldi. Bular – Jaloliddin Masharipov va Oybek Bozorov.

Bugungi bahsda Srechko Katanets quyidagi futbolchilar xizmatidan foydalanishi mumkin bo‘ladi:

FIFA reytingidagi o‘rni: O‘zbekiston oldinda

OFK a’zosi O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA reytingida 77-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, UYeFA a’zosi Qozog‘iston xalqaro reytingda 113-pog‘onadan joy olgan.

O‘zbekiston milliy jamoasi so‘nggi 3 o‘yini:

27 sentabr, 2022. O‘zbekiston – Kosta-Rika – 1:2

23 sentabr, 2022. O‘zbekiston – Kamerun – 2:0

11 iyun, 2022. O‘zbekiston – Maldiv – 4:0.

Foto: O‘FA

Qozog‘iston milliy jamoasi so‘nggi 3 o‘yini:

25 sentabr, 2022. Ozarboyjon – Qozog‘iston – 3:0

22 sentabr, 2022. Qozog‘iston – Belarus – 2:1

13 iyun, 2022. Qozog‘iston – Slovakiya – 2:1.

O‘zbekiston tarkib jihatdan Qozog‘istondan qimmat

O‘zbekiston milliy jamoasining umumiy tarkib bahosi Transfermarkt portali tomonidan 27,2 million yevroga baholangan bo‘lsa, Qozog‘iston bu borada 15,7 mln yevro narxga ega. Shomurodov O‘zbekistonning eng qimmat o‘yinchisi (7 mln yevro) bo‘lsa, qo‘shnilarimizda Eldorning sobiq jamoadoshi Baxtiyor Zaynutdinov (3,5 mln yevro) eng qimmatbaho o‘yinchi sanaladi.

Foto: O‘FA

Tarkiblardagi eng qimmatbaho 3 o‘yinchi:

O‘zbekiston milliy jamoasi:

1. Eldor Shomurodov (Roma) – 7 mln yevro.

2. Jaloliddin Masharipov (An-Nassr) – 3 mln yevro.

3. Otabek Shukurov (Fotih Karamgumruk) – 2 mln yevro.

Qozog‘iston milliy jamoasi:

1. Baxtiyor Zaynutdinov (TsSKA) – 3,5 mln yevro

2. Nurali Alip (Zenit) – 1,5 mln yevro

3. Baurjan Islamxan (erkin agent) – 1 mln yevro.

O‘zaro o‘yinlarda ustunlik O‘zbekistonda

O‘zbekiston milliy jamoasi so‘nggi va yagona marta 30 yil avval Qozog‘istonga mag‘lub bo‘lgan. 1992 yilning oktabr oyidan buyon esa mag‘lub bo‘lmay kelmoqda. Bu bahsda vakillarimiz ushbu an’anani davom ettirishi mumkin.

Qo‘shni mamlakatlarning bosh jamoalari mustaqillikdan keyin o‘zaro 6 marta o‘zaro o‘yin o‘tkazib, unda O‘zbekiston 2 g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 3 o‘yinda durang qayd etilgan, bir o‘yinda esa Qozog‘iston ustun kelgan. To‘plar nisbati – 8:4, foydamizga.

O‘zbekiston – Qozog‘iston. O‘zaro o‘yinlar:

11 mart, 2007 yil

AlmaTV kubogi. Chimkent.

Qozog‘iston – O‘zbekiston – 1:1

25 oktabr, 1997 yil.

JCh-1998 saralashi. Toshkent

O‘zbekiston – Qozog‘iston – 4:0

20 sentabr, 1997 yil

JCh-1998 saralashi. Olma-Ota.

Qozog‘iston – O‘zbekiston – 1:1

13 aprel, 1994 yil

Mustaqillik kubogi. Toshkent

O‘zbekiston – Qozog‘iston – 1:0

14 oktabr, 1992 yil

Markaziy Osiyo kubogi. Toshkent.

O‘zbekiston – Qozog‘iston – 1:1

16 iyul, 1992 yil

Markaziy Osiyo kubogi. Olma-Ota.

Qozog‘iston – O‘zbekiston – 1:0.

Foto: Paxtakor FK

Anons. 16 noyabr (chorshanba)

O‘rtoqlik o‘yini. Toshkent

O‘zbekiston – Qozog‘iston

«Paxtakor» stadioni

O‘yin boshlanish vaqti: 18:00

TV-translatsiya: Sport telekanali.

Usmon Ibodov

Ko‘proq yangiliklar: